Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xodimlari uchun bugun  madaniy tadbir o‘tkazildi.
3 Nov 2023
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi xodimlari uchun bugun  madaniy tadbir o‘tkazildi.
    Tashkilot kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Assotsiatsiyaning xodimlari uchun O‘zbekiston Davlat amaliy sanʼat muzeyiga kichik sayohat tashkil etildi. 

    Bu kabi tadbirlarda nafaqat xodimlar maʼnaviy xordiq chiqarishadi, balki amaliy sanʼat tarixini o‘rganish, durdona sanʼat asarlari bilan tanishish imkoniyatini ham beradi.

    Maʼlumot uchun, XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bo‘lgan davrda yaratilgan bebaho amaliy sanʼat durdonalari yig‘ilgan. Bu yerdagi saqlanayotgan amaliy sanʼat namunalari uch turga bo‘lish mumkin.

  1. Qadimiy anʼanalar asosida yaratilgan asarlar.
  2. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari anʼanaviy uslubini yo‘qotmagan holda unga o‘ziga xos tarzda yondashib, yana-da badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlar
  3. Bugungi kun amaliy sanʼat taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy sanʼat talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 492
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech