O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida islom moliyasini ommalashtirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida islom moliyasini ommalashtirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.Mazkur tadbirda 100 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. Shu bilan birga, respublikaning turli hududlaridan qatnashchilar Zum platformasi orqali onlayn tarzda ulanib, seminarda faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida «Mezon Kengashi» MCHJning yetakchi mutaxassislari tomonidan islomiy bank tizimining asosiy tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Assotsiatsiya tomonidan bunday o‘quv tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Ushbu mashg‘ulotlar doirasida hududlarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda islomiy bankchilikning afzalliklari haqida kengroq tushuntirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0






