Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Yaponiya tashabbuskor guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
15 Sep 2026

Yaponiya tashabbuskor guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

     O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori Baxtiyor Sultonovich Xamidov Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Markaziy Osiyo tadqiqot instituti Prezidenti janob Tanaka Tetsudzi boshchiligidagi Yaponiya tashabbuskor guruhi vakillari bilan uchrashdi.

     Uchrashuvda Yaponiya-Xitoyning «Bir makon – bir yo‘l» assotsiatsiyasi yuqori darajali ekspertlari Simada Xiro, Ono Yosikadzu hamda boshqa mutaxassislar ham ishtirok etdi.

     Muloqot davomida Markaziy Osiyoning bugungi global jarayonlardagi o‘rni, mintaqadagi iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va mamlakat iqtisodiyotining izchil o‘sishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

     Xususan, Assotsiatsiya Bosh direktori Baxtiyor Sultonovich Xamidov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali nutqida ilgari surilgan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati va asosiy maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

     Shuningdek, xorijiy mehmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik va istiqbolli loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi, Markaziy Osiyodagi eng yirik musiqali favvora hamda Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy obyektlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

    Muloqot davomida mahalla institutining O‘zbekiston jamiyatidagi alohida o‘rni va ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla tizimi orqali davlatning ijtimoiy siyosatini aholiga yanada yaqinlashtirish, fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishda mazkur institutning muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashinuvini davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1

Boshqa yangiliklar:

otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech