Yoshlar ittifoqi
Yoshlar ittifoqining Boshlang’ich tashkiloti
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-sonli farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3138-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti tashkil qilindi.
Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti o’z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish borasida O’zbekiston banklari Assotsiyatsiyasi tizimida xizmat qilayotgan yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini ilgari surib boradi.