Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Assotsiatsiya a’zosi

Bank reytingi:

uzA
Reyting boyicha prognoz: Barqaror
Taqdim etilgan vaqti: 19.07.2017
Oxirgi ozgartirilgan sana: 30.01.2018

Rahbar:

Boshqaruv raisi
Mirzaev Chori Sadibakasovich

Bank boshqaruvi:

Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari - Shoaxmedov Shoxrux Shoraximovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari - Kim Oleg Romoaldovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari - Sattarov Anvar Abdimajitovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari - Sattarov Anvar Abdimajitovich
 
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot departamenti direktori - Bosh buxgalter - Tursunov Xo'jayor Fayzievich

Buxgalteriya hisobi va Moliyaviy hisobot Departamenti Direktori - Tursunov Xujayor Fayzievich 

G'aznachilik va qimmatli qog'ozlar Departamenti Direktori - Tangniberdiev Nuridin Ibragimovich 

Yuridik xizmat Departamenti Direktori - Mo'minov Ozod Abdualimovich 


Saytga havola:


Telefon:

(998 95) 144-60-00

Faks:

(998 71) 244-88-65

E-mail:


Manzil:

100011, Toshkent sh., Shayxontoxur tumani, Abay ko’chasi, 4a

Bank to’g’risida

Turonbank moliya xizmatlar bozorida 25 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda o’sib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro’-e’tiborini mustahkamlab kelmoqda. O’zbekistonning etakchi banklari bilan bir qatorda Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag’ bilan ta’minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqda.

Tarix

Aktsiyadorlik Tijorat "Turonbank" respublikada ochilgan birinchi tijorat banklar qatoriga kiradi, 1990 yil 6 oktyabrda o’tkazilgan ta’sis konferentsiyasida a’zolar tomonidan tasdiqlangan, 1990 yil 6 noyabrda Davlat banki tomonidan № 713 raqam ostida ro’yxatga olingan.

Quyida keltirilganlar bank ochilishida uning ta’sischilari bo’ldilar:

Melioratsiya va suv xo’jaligi Vazirligi va uning qaramog’idagi tashkilot va korxonalar;

Suv xo’jaligi qurilishi Davlat Qo’mitasi va unga qarashli korxona va tashkilotlar;

Me’morchilik bo’yicha ishlar Davlat Qo’mitasi;

Madaniyat Vazirligi qoshidagi Madaniyat yodgorliklari boshqarmasi;

«Me’mor» respublika birlashmasi;

O’zbekiston Arxitektorlar Ittifoqi;

Stroyimpeks tashqiqtisodiy assotsiatsiyasining O’rta Osiyodagi filiali;

Xorijiy mamlakatlar bilan tashqiqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha «Farxod» assotsiatsiyasi.

1993 yili 17 aprelda a’zolar Umumiy Yig’ilishi qaroriga binoan bank «Turon» Ochiq Aktsiyadorlik Tijorat Konsolidatsiya Bankiga aylantirildi.

2002 yilning 29 iyunidan boshlab O’zR Markaziy Banki litsenziyasiga muvofiq bank o’z faoliyatini Aktsiyadorlik Tijorat Turonbank sifatida davom ettirdi.

Turonbank qishloq xo’jaligi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha Rekonstruktsiya va Rivojlanish Evropa Banki bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Bu loyiha 10 yilga mo’ljallangan bo’lib, 2002 yilda boshlangan va 2012 yilda tugatilishi kerak.

2003 yilda bank o’z tashqiqtisodiy faoliyatini rivojlantirish, xorijiy banklar bilan korrespondent munosabatlarni o’rnatish hamda yirik xalqaro moliya institutlari bilan aloqalar o’rnatish va bu aloqalarni rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Buning natijasida Turonbank O’zbekistonda birinchi bo’lib «Bыstraya pochta» tezkor pul o’tkazish muassasi vakili hamda «Western Union» xalqaro pul o’tkazish muassasi vakiliga aylandi.

Turonbank tashqiqtisodiy faoliyatini xalqaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida ham rivojlantirdi. Buning natijasida 2004 yilda bank SWIFT SCRL xalqaro tashkilotining a’zosi bo’ldi. Bu bilan bog’liq ravishda bankning mijozlar bazasi ko’payib bormoqda va diversifikatsiya qilinmoqda, xalqaro operatsiyalar va pul o’tkazish aylanmalari (oborotlari) hajmi ko’payib bormoqda.

Universal bank sifatida Turonbank 2005 yilda aktsiyalarning qo’shimcha emissiyasini o’tkazdi va davlat muassasalari hamda yirik tijorat tuzilmalarni yangi aktsiyadorlar sifatida jalb qildi.

2007 yildan boshlab bank moliya bozorda O’zR Markaziy Banki litsenziyasi va Aktsiyadorlar Umumiy Yig’ilishi qarori asosida Ochiq Aktsiyadorlik Tijorat Turonbank sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur yilda Turonbank «Reyters» diling tizimi a’zosi, VISA International xalqaro to’lovlar tizimining assotsiatsiyalashgan a’zosi bo’ldi, Credit Suisse bank (SHveytsariya) bilan naqd pullik xorijiy valyuta etkazib berish bo’yicha bitim tuzdi. 2007 yildan boshlab bank pul o’tkazishning Contact deb nomlangan yangi tizimini joriy etmoqda, bu bilan Turonbank O’zbekiston bo’yicha pul o’tkazishlar hajmidagi o’z hissasini ko’paytirmoqda.

2008 bank faoliyati uchun ayniqsa baxayr bo’ldi. Moody’s xalqaro reyting agentligi OAKB Turonbankiga E+ moliyaviy barqarorlik reytingini berdi, bu reyting esa qarzni to’lashga qodirlik V3 bahosiga tengdir. Bu reyting bankning yirik klientlar (ular ichida ham davlat korxonalari va hukumat muassasalari, ham xususiy kompaniyalar) bilan mustahkam ishchi aloqalar, rivojlangan filiallari, daromad va operatsion samaradorligi ko’rsatikichlarining yaxshilanib borishi, shuningdek aktivlar sifatining talab darajasida ekanligini hisobga oladi. Barcha reytinglar bankning barqarorligidan dalolat beradi. Bank «Money Gram» pul o’tkazish tizimini joriy etdi va O’zbekistonda birinchilar qatorida pul o’tkazishlar bozoriga «Zolotaya Korona» tizimini kiritdi, JP Morgan Chase banki (AQSH) hamda Moliya va kredit bank (Ukraina) bilan korrespondentlik munosabatlarni o’rnatdi.

2008 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan YOshlar yili deb e’lon qilindi. Bu hodisa bank kredit siyosatida o’z munosib aksini topdi. 286 yosh oila ipoteka, iste’mol va mikro kreditlar oldilar, shuningdek yosh oilalar o’z biznesini rivojlantirishi uchun kreditlarga ega bo’ldilar.

Turonbank mijozlari tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash va unga yordam berish maqsadida yangi bank texnologiyalarni rivojlantiradi va joriy etadi. Bank xizmatlarini ko’rsatish jarayoniga o’zgarishlar kiritildi, masalan, 2008 yilda Internet-Banking va Sms-Banking hisob raqamlari bo’yicha masofadan xizmat ko’rsatishning yangi yanada modifikatsiyalashgan tizimlari joriy etildi.

2009 yilda bankning Ustav kapitali 2,2 mlrd. so’mga ortdi va 2010 yilning 1 yanvariga 13,0 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2009 yilda «Promsvyazbank» OAJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan korrespondentlik munosabatlar o’rnatildi va, AQSH valyutasi, evro va Rossiya rublida korrespondentlik hisob raqamlari ochildi. Credit Suisse (SHveytsariya), Commerzbank AG (Germaniya) i HSBC Bank London Branch banklariga naqd pullik xorijiy valyutani etkazib berish tizimi tashkil etildi.

2009 yil davomida Electron, Classic, Gold i Business kabi to’rt xil valyutali korporativ Visa karta asosida emissiya loyihasi muvaffaqqiyatli amalga oshirildi. Xususan 2009 yilning may oyida, aholi tomonidan Turonbankning ilk ishchi kartasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

2010 yilda Turonbank 5,6 mlrd. so’mga teng o’z aktsiyalarining qo’shimcha emissiyasi haqida e’lon qildi, Turonbankning ustav kapitali ikki barobar o’sdi, bu esa potentsial aktsiyadorlarning bank faoliyatidan manfaatdorligi to’g’risida dalolat beradi. Bundan tashqari Turonbank 2010 yildan boshlab, aholiga «Unistream» va «Migom» tizimlari bo’yicha pul o’tkazish xizmatlarini amalga oshirmoqda.

2010 yilning noyabr oyida OAT Turonbankning moliya bozorida faoliyat ko’rsatayotganiga 20 yil to’ladi. 2011 yilning boshida Turonbank ustav kapitali 23,8 mlrd. so’mni tashkil etdi, uni aktsiyadorlar va partnyorlari qo’llab-quvvatlamoqda, bank diversifikatsiyalangan mijozlar bazasi va O’zR Vazirliklari va yirik qo’shma korxonalar kabi qator yirik korporativ mijozlarga ega.

Turonbank dunyo bo’yicha 75 bank bilan korrespondentlik munosabatlar o’rnatdi, shuningdek ulardan 14-tasi bilan korrespondentlik hisob-kitoblarni amalga oshirmoqda. 175 ming kishi, shu jumladan omonatchilar uchun ishonchli bank hisoblanadi. O’z faoliyatini amalga oshirish davrida, aholiga bank xizmatlarini ko’rsatish maqsadida Turonbank 18-ta filial, 150-tadan ziyod qo’shimcha bo’linmalar ochdi hamda 17 ming turli kompaniyalar uchun ishonchli sherik bo’lib kelmoqda.

Turonbank quyida keltirilgan assotsiatsiya, jamg’arma va xalqaro tashkilotlar a’zosidir:

Aholi omonatlarini kafolatlash jamg’armasi;

Respublika banklararo Valyutali birjasi;

«Toshkent» respublika jamg’armaviy birjasi;

O’zbekiston Respublikasining Banklar Assotsiatsiyasi;

O’zR savdo-sanoat palatasi;

SWIFT xalqaro elektron to’lovlar tizimi;

VISA International xalqaro to’lovlar tizimi;

«REUTERS» informatsion-diling tizimi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech