Banklar reytingi
Bank reytingi:
Bank boshqaruvi:
Saytga havola:
Telefon:
E-mail:
"KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bankdir. Bankning asosiy aksioneri bank ustav kapitalidagi ulushi 86,32% bo'lgan, hamda yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eng yuqori kredit reytingi berilgan (Standard and Poor's - AA / Moody's - Aa2 / Fitch - AA-) Koreya Respublikasining "KDB Bank" (Koreya Taraqqiyot Banki) dir.
KDB biznesni rivojlantiriish va mintaqaviy iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun korporativ va investitsion bank xizmatlarini doimiy kengaytirib boradi. KDB yirik moliya tizimi sifatida dunyoning 21 mamlakatida 9 ta filiali, 5 ta sho'ba tashkilotlari va 8 ta vakolatxonalari orqali faoliyat yuritadi.
Koreya Taraqqiyot Banki 1954 yilda Koreyaning sanoat tarmoqlari va milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam berish uchun yirik sanoat kapitalini yetkazib berish va boshqarish maqsadida tashkil etilgan. Hukumatning to'la egaligi ostidagi yetakchi bank bo'lgan KDB Koreyaning moliyaviy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
"KDB Bank O'zbekiston" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") KDB (Koreya)ning mijozlarga bank xizmatlarini taklif etuvchi O'zbekistondagi bo'linmasi hisoblanadi. Mijozlarning asosiy qismini ishlab chiqarish sohasidagi xorijiy korxona filiallari va qo'shma korxonalar, savdo va xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan qo'shma korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalaridir.