«Asaka» bank (OAJ) bo’yicha Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (XSRIK) kredit liniyasi to’g’risida
I. Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi |
Barcha sohalardagi loyihalarni moliyalashtirish (agrobiznes, biotexnologiyalar, ta’lim, ishlab chiqarish, sog’likni saqlash, axborot texnologiyalari va multimedia, telekommunikatsiya, transport va boshqalar), ammo: · Turizm va dam olish · Mudofaa · Kuchmas mulk sohalari bundan mustasno |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
Asbob uskuna va texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish. YAngi tashkil etilayotgan yoki mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirishga yo’naltirilgan loyihalar (ammo Shariat qonunlariga zid keluvchi alkogol ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qurol, cho’chqa go’shti mahsulotlari, yotoqxona/otel, motel va uy-joy qurilishi loyihalari bundan mustasno) |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
· Minimal summa – 100 000,0 AQSh dollari; · Maksimal summa – 2 000 000,0 AQSh dollari. |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati |
6 yil, lekin kredit muddati XSRIK bilan tuzilgan Moliyalashtirish liniyasi Kelishuvi muddatidan ko’p bo’lmasligi lozim |
Ajratilgan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
11-12% |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiyozli davr |
1 yilgacha |
Loyihani ko’rib chiqish uchun komissiya |
Kredit miqdorining 1,25% (bir marotabalik komissiya) |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya |
- |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
Umumiy loyiha qiymatining 25% kam bo’lmasligi lozim |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
Izrail mamlakatidan tashqari, barcha mamlakatlardan asbob-uskuna va texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish. |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi) |
Qarzdor: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ekti, “Asaka” banki mijozi bo’lib quydagi talablarga javob berishi lozim: · Ustav kapitalining asosiy ulushi ITKga a’zo davlat investorlariga tegishli bo’lishi kerak; · Moliyalashtirish faqatgina ustav kapitalida davlatning ulushi 49% dan oshmaydigan korxonalarga; · Loyihaga ko’ra «Asaka» bank (OAJ) XSRIK oldida, mijoz o’z majburiyatlarini bajarishi yuzasidan kafil sifatida qatnashadi. Bankning ushbu kafilligi uchun mijoz kafillik summasining 125% miqdorida garov ta’minoti qo’yishi zarur; · Bank kafilligi uchun to’lov miqdori- yillik 2%. |