«Xamkorbank» OATB bo’yicha Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi Moliyalashtirish Liniyasining Asosiy Mezonlari
Mos loyihalar |
Shariat konunlariga zid keladigan, shuningdek turizm, xavfsizlik va ko’chmas mulk sohalaridan tashqari barcha sohalarda, shu jumladan qishloq xo’jaligi, biotexnologiya, ta’lim, umumiy ishlab chiqarish, sog’liqni saqlash, axborot texnologiyalari va multimedia, telekommunikatsiyalar va transport soxalaridagi loyihalar |
Moliyalashtirishning maksadli yunalishlari |
Import qilinadigan texnika va texnologiyalarni sotib olish uchun moliyalashtiriladi. Bank tomonidan ma’qullangan moliyalashtirish fakatgina asosiy vositalar ya’ni texnika va texnologiyalarni sotib olish uchun sarflanadi. Aylanma kapitalni to’ldirish, xizmatlar ko’rsatish va joriy xarajatlar moliyalashtirilmaydi. |
Qarzdor |
Uzbekiston Respublikasi Rezidentlari – xususiy korxonalar, xissadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va b.k.lar. Xujalik yurituvchi sub’ektlarga kuyilgan talablar: Aktsiyalarni nazorat paketi XSRIK ga a’zo davlatlaridagi investorlarga tegishli bo’lishi. Aktsiyadorlik jamiyatida davlat ulushi 49 %dan ortiq bo’lmasligi. Ishchilar soni 10 tadan kam bo’lmasligi va 100 tadan ortib ketmasligi. |
Liniyani amal kilish muddati |
Birinchi to’lov sanasidan boshlab, uzlashtirish davrini (6 oy imtiyozli davrni) o’z ichiga olgan 5 (besh) yildan oshmagan davr |
Savdo ustamasi |
Shartnoma asosida |
Moliyalashning eng kam va eng yuqori summasi |
100 000 AKSh dollaridan boshlab, maksimal mikdori 1 000 000 AQSh dollaridan oshmasligi lozim. Bundan tashqari, har qanday holda, maksimal moliyalashtirish quyidagi minimal miqdordan oshmasligi lozim: yangi tuzilgan korxonalar loyihalari uchun loyihaning investitsion qiymatining 40%; mavjud korxonalar faoliyatini kengaytirish/tiklash uchun loyihaning investitsion qiymatining 50%. |
Savdo ustamasi |
Yillik 12 %dan boshlab |
To’lov grafigi |
To’lov Karzdor tomonidan XSRIK ga xar chorakda yoki xar 6 oyda bir tulanishi kerak. |
Karz oluvchining loyixadagi ishtiroki |
Loyixa qiymatining 25 foizidan kam bulmagan miqdorda. |
Ta’minot turi |
Kredit siyosatida belgilangan ta’minot turlari |
Komission tulov |
2 foizdan boshlab |
Mol etkazib beruvchi |
Tovar sotib olinishda hech qanday bilvosita yoki bevosita dallol, o’rtada turuvchi vositachi, komissiya agenti va shunga o’xshash shaxslar aralashuvi va ishtirokiga yo’l qo’yilmaydi. XSRIKning roziligi olinganganda bu shart istisno xisoblanadi, shuningdek, tovar etkazib beruvchi Islom konferentsiyasi Tashkilotining Isroilga qarshi bo’limining ro’yxatiga kiritilmagan bo’lishi kerak. |
Boshqa shartlar |
Mijoz Murabaxa Bitimiga muvofiq XSRIK nomidan sotib olinayotgan uskuna va mashinalarni tranzit qilish va sotish paytigacha ularni sug’urta qilishning choralarini sotuvchi va/yoki o’zi kafolatlashini ta’minlashi lozim. |