XALQARO QISHLOQ XO’JALIGI TARAQQIYOT JAMG’ARMASI VA ISPANIYA TRAST JAMG’ARMASINING "O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEVASABZAVOTCHILIK TARMOG’INI RIVOJLANTIRISHNI QO’LLAB QUVVATLASH" LINIYASI TUGRISIDAGI
MA’LUMOT
Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish to’g’risida ma’lumot | |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish sohasi |
Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish. |
Kredit liniyasi mablag’larining yo’naltirish maqsadi |
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik maxsulotlari etishtirish; - Bog’lar, intensiv bog’lar va tokzorlar tashkil etish, modernizatsiya qilish; - Meva va sabzavotlarni qayta ishlash uchun dastgox-uskunalar hamda qishloq xo’jaligi texnikasi sotib olish; - Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash uchun omborxonalar va muzlatgichlar qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish; - Issiqxonalar faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish; - Meva va sabzavotlarni saqlash, qadoqlash hamda qishloq xo’jaligi xizmatlarini ko’rsatish sohalarini investitsiyalash. |
Har bir loyiha bo’yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi |
Bir mijoz kredit liniyasi mablaglari xisobidan ajratilgan kreditlarning jami mikdori 600 000 AKSH dollari yoki uning ekvivalentidan oshmasligi lozim. Meva sabzavotchilik maxsulotlarini qayta ishlash va saqlash yo'nalishida yuiridik shaxslarga 600 000 AKSH dollari yoki uning ekvivalentiga teng sumdagi mikdorigacha 6 gektargacha er maydoniga ega fermer xshjaliklari, qishlok xo'jalik maxsulotlarini sotish, saqlash, qayta ishlash, qadoklash, xizmat ko'rsatish yunalishida faoliyat yurituvchi kichik biznes sub’ektlariga 100 000 AQSH dollari yoki uning ekvivalentiga teng sumdagi miqdorigacha 2 gektargacha er maydoniga ega qishlok xo'jalik maxsulotlari etishtiruvchilar, dexqon xo'jalik va mikrofirmalar uchun bir karz oluvchiga 20 000 AQSH dollari yoki uning ekvivalentiga teng sumdagi miqdorigacha |
Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati |
Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 18 oygacha; Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha. |
Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to’lanadigan yillik foiz to’lovlari |
Milliy valyuta so’mda ajratilgan kredit uchun 9% gacha AQSH dollarida ajratilgan kreditlar uchun 4% gacha |
Loyiha bo’yicha beriladigan imtiezli davr |
Investitsiya maqsadlariga - 3 yil muddatgacha Aylanma mablag’larni tuldirishga - 9 oy muddatgacha |
Ajratilgan kredit uchun mijozning bankka to’laydigan komissiyalari: |
- |
Loyihani ko’rib chiqish uchun komissiya |
1 foiz |
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya |
0,5 % |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi |
Loyiha qiymatiga nisbatan 20% |
Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati |
Belgilanmagan |
Boshqa shartlar (ushbu jadvalda ko’zda tutilmagan boshqa muhim shartlar ko’rsatiladi) |
Loyixa Surxondaryo viloyatida ishtirok etishi kuzda tutilgan. |