Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1-yanvardan mikroqarzlar limiti 100 mln so‘mgacha oshiriladi
13 Nov 2023

1-yanvardan mikroqarzlar limiti100 mln so‘mgacha oshiriladi

     2024-yil 1-yanvardan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.

     10-noyabr kuni prezident mikroqarzlarning eng yuqori miqdorini 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

    Hujjaga ko‘ra, 2024−2026-yillarda mikromoliyalash bozori hajmini kamida 5 barobarga oshirish va mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorlarni qamrab olish reja qilinmoqda.

    Bundan tashqari, mikromoliya tashkilotlari resurs bazasida jismoniy shaxslardan jalb qilinadigan mablag‘lar miqdorini 2 barobarga oshirish hamda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali rasmiy daromadga ega bo‘lmagan 500 mingga yaqin shaxsni o‘zini o‘zi band qilish va biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

2024-yil 1-yanvardan esa mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi.

     Shuningdek:
  • Nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.
  • Mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag‘larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
  • Jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan ustav fondiga kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etishga ruxsat beriladi.
  • Mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

    Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan esa nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi. Bunda olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda Markaziy bankni xabardor qilish kerak bo‘ladi.

    Hujjat bilan, shuningdek, tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari bo‘yicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.

    2024-yil 1-aprelgacha mikromoliya xizmatlari sohasiga ixtisoslashgan yangi mikromoliya tashkiloti tashkil etiladi. 2024-yil 1-yanvargacha mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.


https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/11/microloans/
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 378
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech