2026 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli taʼlim kreditlari ajratildi.

Ushbu kreditlardan 8 946 nafar talaba foydalandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.2026 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli taʼlim kreditlari ajratildi.
Ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi — 89,4 mlrd so‘m yoki umumiy hajmning 77,1 foizi — talaba qizlarga berilgan foizsiz taʼlim kreditlariga to‘g‘ri keldi. Foizli taʼlim kreditlari bo‘yicha esa banklar tomonidan 26,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Eng ko‘p taʼlim krediti Xalq banki tomonidan ajratilgan. Bank 3 386 nafar talabaga 42,4 mlrd so‘m miqdorida kredit bergan.
Keyingi o‘rinlarda:
-
Agrobank — 1 726 nafar talabaga 21,4 mlrd so‘m;
-
Biznesni rivojlantirish banki — 1 296 nafar talabaga 14,9 mlrd so‘m;
-
O‘zsanoatqurilishbank — 678 nafar talabaga 12,6 mlrd so‘m;
-
O‘zmilliybank — 862 nafar talabaga 10,1 mlrd so‘m;
-
Hamkorbank — 385 nafar talabaga 6,1 mlrd so‘m.
Asakabank, Aloqabank, Turonbank, Orient Finans Bank va Mikrokreditbank tomonidan esa har biri 349 mln so‘mdan 3,4 mlrd so‘mgacha taʼlim kreditlari ajratilgan.






