Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2026 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli taʼlim kreditlari ajratildi.
4 Sep 2026

2026 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli taʼlim kreditlari ajratildi.

   Ushbu kreditlardan 8 946 nafar talaba foydalandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

   Ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi — 89,4 mlrd so‘m yoki umumiy hajmning 77,1 foizi — talaba qizlarga berilgan foizsiz taʼlim kreditlariga to‘g‘ri keldi. Foizli taʼlim kreditlari bo‘yicha esa banklar tomonidan 26,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

   Eng ko‘p taʼlim krediti Xalq banki tomonidan ajratilgan. Bank 3 386 nafar talabaga 42,4 mlrd so‘m miqdorida kredit bergan.

   Keyingi o‘rinlarda:

  • Agrobank — 1 726 nafar talabaga 21,4 mlrd so‘m;

  • Biznesni rivojlantirish banki — 1 296 nafar talabaga 14,9 mlrd so‘m;

  • O‘zsanoatqurilishbank — 678 nafar talabaga 12,6 mlrd so‘m;

  • O‘zmilliybank — 862 nafar talabaga 10,1 mlrd so‘m;

  • Hamkorbank — 385 nafar talabaga 6,1 mlrd so‘m.

   Asakabank, Aloqabank, Turonbank, Orient Finans Bank va Mikrokreditbank tomonidan esa har biri 349 mln so‘mdan 3,4 mlrd so‘mgacha taʼlim kreditlari ajratilgan. 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 0
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech