Aloqa bank tomonidan “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Aloqa bank tomonidan “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.Mazkur imtiyozli kredit:
- 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda 100 mln so‘mgacha mikroqarz ajratiladi;
- 3 oygacha imtiyozli davr hamda 2 yilgacha asosiy qarzni to‘lamaslik shartlari asosida 7 yilgacha muddatga beriladi;
- dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik qilishga, Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, xususan, hunarmandchilik, Fan, sanʼat va sport sohalarida faoliyat yurituvchi yoshlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun ajratiladi.
Talab etiladi: sug‘urta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori
Batafsil... (https://lex.uz/docs/7387025)
Aloqa bank
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
1102