Bank tizimida ijobiy dinamika qayd etildi

Bank tizimida ijobiy dinamika qayd etildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2025 yil IV choragi bo‘yicha «Banklar faollik indeksi» eʼlon qilindi.
- Reyting 35 ta tijorat bankini qamrab olgan bo‘lib, yirik banklar orasida Kapital bank, Trastbank va Hamkor bank yetakchi bo‘ldi. Umumiy reytingda eng yuqori o‘sish O‘zsanoatqurilishbankda kuzatildi.
- Kichik banklar segmentida Universal bank peshqadamligini saqlab qoldi, TВС bank va Oktobank esa kuchli uchlikdan joy oldi.
- Bank tizimining jami aktivlari 892,9 trln so‘mni, majburiyatlari esa 759,8 trln so‘mni tashkil etdi.
- Sof foyda hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 57,1 foizga o‘sib, 13,5 trln so‘mga yetdi. Shu bilan birga, kredit portfeli sifati yaxshilanib, muammoli kreditlar ulushi 4,3 foizdan 3,5 foizgacha kamaydi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
602






