Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Bank tizimida ijobiy dinamika qayd etildi
16 Jan 2026

Bank tizimida ijobiy dinamika qayd etildi

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2025 yil IV choragi bo‘yicha «Banklar faollik indeksi» eʼlon qilindi.

  • Reyting 35 ta tijorat bankini qamrab olgan bo‘lib, yirik banklar orasida Kapital bank, Trastbank va Hamkor bank yetakchi bo‘ldi. Umumiy reytingda eng yuqori o‘sish O‘zsanoatqurilishbankda kuzatildi.
  • Kichik banklar segmentida Universal bank peshqadamligini saqlab qoldi, TВС bank va Oktobank esa kuchli uchlikdan joy oldi.
    2025 yil IV choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimida ijobiy o‘sish qayd etildi.

  • Bank tizimining jami aktivlari 892,9 trln so‘mni, majburiyatlari esa 759,8 trln so‘mni tashkil etdi.
  • Sof foyda hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 57,1 foizga o‘sib, 13,5 trln so‘mga yetdi. Shu bilan birga, kredit portfeli sifati yaxshilanib, muammoli kreditlar ulushi 4,3 foizdan 3,5 foizgacha kamaydi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 602
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech