Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Islomiy bank faoliyatini tartibga soladigan qonun qabul qilindi
30 Mar 2026

O‘zbekistonda islomiy banking to‘g‘risidagi qonun 28 iyundan kuchga kiradi.

   Mazkur hujjat 2026 yil 27 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi va rasman eʼlon qilinganidan so‘ng uch oy o‘tib kuchga kiradi

   Qonun Markaziy bank tomonidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribaga asoslangan.

   Yangi qonunga muvofiq:

  • Islomiy banking faoliyati, islomiy moliyaviy operatsiyalar, standartlar va investitsiyaviy omonat tushunchalari qonunchilikka kiritildi;

  • Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etildi;

  • Islomiy banklar savdo faoliyati bilan shug‘ullanishi, yuridik shaxslar tashkil etishi va ularda ulush yoki aksiyalarga ega bo‘lishi mumkin.

   Islomiy moliyaviy operatsiyalar turlari

    Qonunga ko‘ra, banklar quyidagi 6 turdagi islomiy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:

  • Muzoraba — foydani taqsimlash asosida moliyalashtirish;

  • Vakala — agentlik shartnomasi orqali mablag‘ jalb qilish yoki joylashtirish;

  • Murabaxa — tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali moliyalashtirish;

  • Salam — oldindan to‘lov asosida moliyalashtirish;

  • Mushoraka — sheriklik yoki ustav kapitalida ishtirok etish orqali moliyalashtirish;

  • Ijara — islomiy ijara (lizing) va keyinchalik sotib olish huquqi bilan.

     Qo‘shimcha tartiblar

  • Islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Markaziy bank va tijorat banklari huzurida maxsus kengashlar tashkil etiladi;

  • Islomiy moliyaviy operatsiyalar uchun alohida soliq tartibi belgilanadi.

   Rivojlanish istiqbollari

    Markaziy bank maʼlumotiga ko‘ra:

  • 2030 yilgacha O‘zbekistonda 10 taga yaqin islomiy bank ochilishi kutilmoqda;

  • Kamida 3 ta davlat banki “islomiy oyna” (islomiy moliya bo‘limi)ni ishga tushiradi;

  • 2026–2030 yillarda taxminan 1 milliard AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha investitsiya va depozitlar jalb qilinishi rejalashtirilgan;

  • Hozirda 10 dan ortiq bank islomiy moliya xizmatlarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 315
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech