“Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va GLOBALEXPO ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida Toshkentda “Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu xalqaro ko‘rgazma 2024-yilning 15-17-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida o‘tadi.
Ushbu muhim tadbir:
- O’zaro tajriba almashish;
- ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish imkonini beradi;
- Shu bilan birga moliya sohasidagi dolzarb mavzularni muhokama qilish uchun dunyoning yetakchi bank va moliya institutlarini birlashtiradi.
Ko‘rgazmada jahon moliya tashkilotlari, shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniya va korxonalar, jumladan, xorijiy banklarning innovatsiyalari va yutuqlari namoyish etiladi.
https://global-expo.uz/
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
220