Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
 “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki
31 Jul 2024

“Ahbor-Reyting” agentligi “Turonbank” aksiyadorlik-tijorat bankining milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun “uzA+” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.

    “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 1990-yil 6-noyabrda tashkil etilgan boʻlib, 34 yildan buyon Oʻzbekiston moliya bozorida munosib oʻrin egallab kelmoqda.

Ayni paytda bank ilg‘or bank texnologiyalarini qo‘llash, bank хizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash borasida doimiy izlanishlar olib boradi.

“Ahbor-Reyting” RA MChJ tomonidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “Turonbank” ATB tashkil etilganidan buyon ham mahalliy, ham xorijiy moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga doimo katta e’tibor berib keladi. Puxta ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan kredit va depozit siyosati bankka 2023-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan ajratilgan kreditlar hamda jalb qilingan depozitlar hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 395
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech