2026 yilda ipoteka subsidiyalari uchun 2,7 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda

2026 yilda ipoteka subsidiyalari uchun 2,7 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda
2026 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun jami 2,7 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish va aholini uy-joy bilan taʼminlashni jadallashtirish bo‘yicha imzolagan farmonida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng yuqori miqdori:
➡️Toshkent va Yangi Toshkentda — 480 mln so‘m,
➡️boshqa hududlarda — 380 mln so‘m qilib belgilangan.
2026 yilda jami 73 421 ta ipoteka krediti ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning umumiy hajmi 23,01 trln so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, 30 mingta yangi subsidiya ajratish ko‘zda tutilgan.
Subsidiya mablag‘larining bir qismi boshlang‘ich to‘lovni qoplash, yana bir qismi esa ipoteka foizlarini kompensatsiya qilish uchun yo‘naltiriladi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
1419






