438 322 nafar yurtdoshlarimiz “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan.

438 322 nafar yurtdoshlarimiz “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan.
Asos: O‘RQ-1043-son Qonuni. (https://lex.uz/pdfs/7417538)
Bu qonun fuqarolar nomiga ularning ruxsatisiz yoki xabarisiz kredit olish hamda mablag‘ni firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirish kabi holatlarini oldini oladi.
- Qonunga ko‘ra, banklar va mikromoliya tashkilotlari kredit berishdan oldin fuqaroning taqiqlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshirishi shart. Taqiq aniqlansa, kredit ajratilmasligi belgilangan.
"KREDIT-AXBOROT tahliliy markazi” Kredit byurosi (KATM) bergan maʼlumotlariga ko‘ra, (https://t.me/KATM_kredit_byurosi/348) 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 438 322 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan.
Ushbu fuqarolarning 292 722 nafari erkaklar, 145 600 nafari ayollardir. Eng faol ishtirokchilar 26–35 yoshdagi aholi bo‘lib, ular barcha foydalanuvchilarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
- Mazkur xizmatni yoqish Yagona portal (my.gov.uz);
- “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosining veb-saytida (https://portal.infokredit.uz/login);
- “KATM” mobil ilovasi orqali mazkur xizmatdan onlayn;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali esa oflayn faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud.
- Xizmat mutlaqo bepul!
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
334






