Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Ahbor-Reyting” agentligi “Orient Finance” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankining milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun «UzA+» darajasida “Ijobiy” prognoz bilan yangilaydi.
23 Jul 2024

“Ahbor-Reyting” agentligi “Orient Finance” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankining milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun «UzA+» darajasida “Ijobiy” prognoz bilan yangilaydi.

     “Orient Finans” xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2010 yil 19 iyunda tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan. “Orient Finans” XATB qariyb 14 yildan beri bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Bank faoliyatining asosiy turi O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat va chakana bank operatsiyalari hisoblanadi.

     “Orient Finans” XATB tashkil etilganidan buyon ustav kapitalining ko‘payishi bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari ham barqaror sur’atlarda o‘sib bormoqda, bu bank rahbariyati tomonidan korporativ boshqaruv malakali tashkil etilganidan dalolat beradi.

    Bundan tashqari, “Orient Finance” XATB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish, kichik biznesni kreditlash, aholiga chakana xizmatlar ko‘rsatish va qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korporativ mijozlar bilan ishlash “Orient Finance” XATB faoliyatining eng muhim va doimiy rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarning keng doirasi, bank xodimlarining bank sohasidagi yuqori professionalligi va ko‘p yillik tajribasi bank operatsiyalari, jumladan, korporativ mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar rentabelligini oshirishga xizmat qilmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 345
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech