Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
ANOR BANK
13 Aug 2024

“Ahbor-Reyting” agentligi “ANOR BANK” AJ 2023 yil uchun “Barqaror” prognozi bilan milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “uzA” darajasiga ko‘tardi.

    “ANOR BANK” AJ birinchi mahalliy raqamli bank bo‘lib, O‘zbekiston moliya bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, bank-moliya xizmatlarining ichki bozoridagi ko'rsatkichlari bo'yicha bank ancha yaxshi natijalarga erishdi. Shu bilan birga, bank yutuqlari nafaqat mamlakatimizda, balki turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

     Bank faoliyatining asosiy yo'nalishlari: korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish, kichik biznesni kreditlash, aholiga chakana xizmatlar ko'rsatish va qimmatli qog'ozlar bozorida operatsiyalar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korporativ mijozlar bilan ishlash “ANOR BANK” AJ faoliyatining eng muhim va doimiy rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarning keng doirasi, bank xodimlarining bank sohasidagi yuqori professionalligi va ko‘p yillik tajribasi bank operatsiyalari, jumladan, korporativ mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar rentabelligini oshirishga xizmat qilmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 300
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech