Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Moliya tendensiyalari - Fintex va banklar, antifrod, Islom bankini ommalashtirish mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazildi. 
7 May 2024

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida “Moliya tendensiyalari - Fintex va banklar, antifrod, Islom bankini ommalashtirish mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazildi. 

     Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashiga aʼzo davlatlardan kelgan mutaxassislar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

     Tadbir panel sessiyalarga bo‘lingan xolda o‘tkazildi. Unda 20 dan ortiq mahalliy va xorijiy maʼruzachilar mavzuga doir chiqishlari qatnashdilar.

     Maʼlumot uchun hozir yurtimizda 35 ta tijorat banklari faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz ham kuni kecha o‘tkazilgan Toshkent investitsiya forumida so‘zlagan nutqlarida  so‘nggi yillarda islohotlar natijasida mamlakatimizda ko‘plab xususiy banklar ochilayotgani, bozorimizga Yevropaning yetakchi banklari kirib kelayotgani, qator raqamli banklar o‘z faoliyatini amalga oshirayotganini taʼkidladilar. Quvonarlisi, nafaqat raqamli banklar, balki anʼanaviy tijorat banklari ham “raqamli banking” bo‘yicha izlanishlar olib borib, aholi uchun yangidan yangi moliyaviy onlayn xizmatlarni taqdim etishmoqda. O‘tkazilgan ushbu xalqaro konferensiya esa bu borada turkiy tilli davlatlarda qilinayotgan ishlar bilan tanishish, o‘zaro fikr almashish hamda yangi g‘oyalarga ega bo‘lishga yordam beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

    Konferensiya doirasida Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashi (CBATS) aʼzolarining navbatdagi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Bu yili ushbu tadbirga O‘zbekiston mezbonlik qildi.

    Maʼlumot uchun , Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashi 2022 yil 4 noyabrda tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Ozarbayjon Banklar Assotsiatsiyasi, Qozog‘iston banklar Assotsiatsiyasi, Qirg‘iziston banklari Assotsiatsiyasi, Turkiya banklar Assotsiatsiyasi, Turkiya ishtirokchi banklari Assotsiatsiyalari aʼzodir. 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 60
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech