Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 7-may kuni “Moliya tendensiyalari - Fintex va banklar, antifrod, Islom bankini ommalashtirish mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazdi.
7 May 2024

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 7-may kuni “Moliya tendensiyalari - Fintex va banklar, antifrod, Islom bankini ommalashtirish mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazdi.

     Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda bank sektorining rivojlantirish, bu sohani raqamlashtirish va zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish  masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek belgilangan vazifalarni ijrosini tezlashtirish maqsadida qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinmoqda va bu borada chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.   

    Jumladan, Respublikamizda sifatli moliyaviy xizmat ko‘rsatish, antifrod yaʼni firibgarliklarga qarshi kurashish va Islom bankchiligini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

     Shu bois, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi 7-may kuni “Moliya tendensiyalari - Fintex va banklar, antifrod (firibgarlikka qarshi kurashish), Islom bankini ommalashtirish mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazdi. Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashiga aʼzo davlatlardan kelgan mutaxassislar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

   Tadbir panel sessiyalarga bo‘lingan xolda o‘tkazildi. Unda 20 dan ortiq mahalliy va xorijiy maʼruzachilar mavzuga doir chiqishlari qatnashdilar.

    Maʼlumot uchun hozir yurtimizda 35 ta tijorat banklari faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz ham kuni kecha o‘tkazilgan Toshkent investitsiya forumida so‘zlagan nutqlarida  so‘nggi yillarda islohotlar natijasida mamlakatimizda ko‘plab xususiy banklar ochilayotgani, bozorimizga Yevropaning yetakchi banklari kirib kelayotgani, qator raqamli banklar o‘z faoliyatini amalga oshirayotganini taʼkidladilar. Quvonarlisi, nafaqat raqamli banklar, balki anʼanaviy tijorat banklari ham “raqamli banking” bo‘yicha izlanishlar olib borib, aholi uchun yangidan yangi moliyaviy onlayn xizmatlarni taqdim etishmoqda. O‘tkazilgan ushbu xalqaro konferensiya esa bu borada turkiy tilli davlatlarda qilinayotgan ishlar bilan tanishish, o‘zaro fikr almashish hamda yangi g‘oyalarga ega bo‘lishga yordam beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

    Shuningdek, so‘ngi paytlarda moliyaviy firibgarlik holatlari ham ko‘p uchramoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining davlatlari misolida bu holatni oldini olishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumotlar berishdi. Tadbirda, Islom bankchiligini ommalashtirish bo‘yicha ham maʼruzalar o‘rin olgandi.

    Prezidentimiz tashabbuslari bilan, O‘zbekiston tijorat banklarida islom moliya darchalarini (islom moliyaviy xizmatlari ko‘rsatuvchi shoxobcha) ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xalqaro konferensiya esa Islom moliyasi bo‘yicha tadbirda ishtirok etayotgan boshqa davlatlar tajribasi bilan tanishish, o‘zaro hamkorliklar bo‘yicha fikr almashish imkonini berdi.



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 86
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech