Boku shahrida “Banklar va moliya 2026” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tadi

Boku shahrida “Banklar va moliya 2026” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tadi
- 2026 yil 9–10 iyun
- Boku
Iyun oyida Boku shahri moliya sohasi vakillari uchun muhim uchrashuv maskaniga aylanadi — bu yerda “Banklar va moliya 2026” xalqaro sammiti o‘tkaziladi.
Tadbir turkiy davlatlar bank assotsiatsiyalari kengashi (CBATS), Ozarbayjon Markaziy banki hamda mintaqadagi yetakchi moliyaviy tashkilotlar ko‘magida tashkil etilmoqda.
Asosiy maqsad — mintaqa moliya tizimlarini global moliyaviy makonga integratsiya qilish, hamkorlikni mustahkamlash va umumiy rivojlanish yo‘nalishini belgilash.
Muhokama qilinadigan asosiy yo‘nalishlar:
• Mintaqaviy integratsiya va transchegaraviy hamkorlik
• Bank sohasida raqamli transformatsiya
• To‘lov va hisob-kitob tizimlari
• Ochiq banking va API ekotizimlari
• Sun’iy intellekt asosidagi moliya yechimlari
• Firibgarlikning oldini olish va kiberxavfsizlik
• Islomiy moliya va alternativ banking
• “Yashil” va barqaror moliyalashtirish
• Investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish
• Kadrlar salohiyati va moliyaviy savodxonlik
Sammitda banklar, regulyatorlar, xalqaro tashkilotlar, fintex kompaniyalar, investorlar va ekspertlar ishtirok etadi.
Контакты: office@gbmevents.az ; info@gbmevents.az






