Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Endilikda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qoramol, qo‘y va echki olish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit garovsiz, naqd pulda beriladi.
14 Mar 2024

Endilikda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qoramol, qo‘y va echki olish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit garovsiz, naqd pulda beriladi.

   Bu haqida Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishida maʼlum qilindi.

   Sirdaryo daryosining 19 kilometri “O‘rikzor” va “Yangihayot” mahallalaridan oqib o‘tadi. Tumanda 125 gektar tabiiy, 580 gektar sunʼiy suv havzasi bo‘lsada, imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayapti.

   Shu munosabat bilan “O‘rikzor” va “Yangihayot” mahallalaridagi 500 ta xonadonga basseyn qurib, baliqchilik bilan shug‘ullanishga ko‘maklashiladi.

   Samarasiz 200 gektar sunʼiy suv havzalari 300 ta xonadonga baliq yetishtirish uchun bo‘lib beriladi. Bunga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

   Tumandagi xonadonlarning yarmida chorva boqiladi.

    “Do‘stlik” mahallasida 50 dan ortiq odam chorvani yana-da ko‘paytirish niyatida, lekin ularga ozuqaga yer berish, kredit olishda yordam berilmayapti. Tumanda hozir tashlandiq yotgan 400 gektar yer bo‘lsada, bu yerlar shunday xohishi bor odamlarga berilmagan.

    Endilikda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qoramol, qo‘y va echki olish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit garovsiz, naqd pulda beriladi. Bu orqali tumandagi 1,5 ming xonadonga chorvani ko‘paytirish uchun sharoit yaratiladi.

   Qayd etilgan 400 gektarni 800 ta xonadonga bo‘lib berish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/4009

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 229
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech