Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“IPAK YO‘LI” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki
29 Jul 2024

Ahbor-Reyting” agentligi “IPAK YO‘LI” aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini 2023 yil oxiridagi reyting natijalari ko’ra “uzA+” darajasida yangilaydi va shu bilan birga prognozni “Ijobiy” darajasiga ko‘taradi.

    “IPAK YO‘LI” AIKB O‘zbekiston moliya bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, bank-moliya xizmatlarining ichki bozoridagi ko'rsatkichlari bo'yicha bank ancha yaxshi natijalarga erishdi. Shu bilan birga, bank yutuqlari nafaqat mamlakatimizda, balki turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

  • Tashkil etilganidan beri Bank korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni ko'rsatib, jadal sur'atlar bilan rivojlandi.
  • Moliya bozorida 1990 yildan beri faoliyat yuritayotgan “IPAK YO‘LI” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aholiga keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi: to‘lov kartalaridan tortib foydali va ishonchli omonatlargacha. Bank yuridik shaxslar va xususiy mijozlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qiladi.

     “IPAK YULI” AIKB korporativ mijozlar uchun keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi. Jumladan, hisob-kitob-kassa xizmatlari, milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va yuritish, milliy va chet el valyutasida pul mablag‘larini o‘tkazish, kassa xizmatlari, bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga, muddatli depozitlarga jalb qilish, kreditlash, yuridik shaxslar uchun korporativ plastik kartochkalar, emissiya va ularga xizmat ko‘rsatish va boshqalar.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 410
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech