«MDHda islom moliyasi: xabardorlikdan joriy etishgacha»

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi AlHuda Islom bankchilligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) bilan hamkorlikda vebinar o'tkazdiMazkur vebinar «MDHda islom moliyasi: xabardorlikdan joriy etishgacha» mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda MDH mamlakatlarida islom moliyasini rivojlantirish istiqbollari, mavjud imkoniyatlar, xalqaro tajriba hamda meʼyoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Vebinarda sohaning yetakchi xalqaro ekspertlari va mutaxassislari ishtirok etib, islom bankchiligini amalga joriy etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar va strategik yechimlar yuzasidan fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul sanasida Islom bankchilligi va moliyasi bo‘yicha 5-MDH forumini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur tadbir mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va sohani rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
104






