Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“NPL Summit Uzbekistan 2026”
7 Apr 2026

“NPL Summit Uzbekistan 2026”

     So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida kreditlash bozori barqaror va jadal surʼatlarda o‘sib bormoqda. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi, isteʼmol talabining ortishi hamda mikrokreditlar, kredit kartalari va BNPL (BNPL - Buy Now, Pay Later. «Hozir sotib ol, keyin to’la”)kabi yangi mahsulotlarning joriy etilishi mamlakat moliyaviy tizimini tubdan o‘zgartirdi.

     2021–2025 yillar oralig‘ida mikrokreditlar va isteʼmol kreditlari bozori 4 barobardan ortiq o‘sdi. Bu esa aholi tomonidan qulay moliyaviy instrumentlarga bo‘lgan yuqori qiziqishni ortayotganini ko’rsatadi.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda qarzdorlik darajasi YAIMga nisbatan hali ham MDH va Yevropa davlatlariga qaraganda past bo‘lib, bu sohaning yana-da rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Biroq kreditlash hajmining jadal o‘sishi muammoli kreditlar (NPL- Non-Performing Loans) sonining oshishiga ham olib kelmoqda. Bu esa moliya sektori, regulyatorlar va IT-kompaniyalar tomonidan tizimli yechimlar ishlab chiqishni talab qiladi.

     Aynan shu maqsadda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda “PULINFORM” MCHJ tomonidan «NPL Summit Uzbekistan 2026» tashkil etilmoqda. Ushbu sammit moliya bozori ishtirokchilari va IT-kompaniyalar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda muammoli aktivlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilishga xizmat qiladi.

Dasturdan o‘rin olgan asosiy yo‘nalishlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillarining chiqishlari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillarining taqdimotlari;
  • IT-kompaniyalar tomonidan muammoli kreditlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar taqdimoti;

Tadbir tafsilotlari:

  • Sana: 2026 yil 6 may
  • Ro‘yxatdan o‘tish: soat 09:30
  • Manzil: Panarams Hotel Tashkent, Boyqo‘rg‘on ko‘chasi, 2

Aloqa uchun: info@pulinform.uz

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 195
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech