Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi AlHuda Islom bankchilligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) bilan hamkorlikda vebinar tashkil etmoqda.
29 Apr 2026
 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi AlHuda Islom bankchilligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) bilan hamkorlikda vebinar tashkil etmoqda.
      Vaqti: 2026 yil 7 may

      Mazkur vebinar «MDHda islom moliyasi: xabardorlikdan joriy etishgacha» mavzusida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda MDH mamlakatlarida islom moliyasini rivojlantirish istiqbollari, mavjud imkoniyatlar, xalqaro tajriba hamda meʼyoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.

     Vebinarda sohaning yetakchi xalqaro ekspertlari va mutaxassislari ishtirok etib, islom bankchiligini amalga joriy etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar va strategik yechimlar yuzasidan fikr almashadilar.

     Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Islom bankchilligi va moliyasi bo‘yicha 5-MDH forumini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur tadbir mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va sohani rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.


Ishtirok (https://forms.gle/ruPMgHHstnet1Q229) etish mutlaqo bepul.

Batafsil: (78) 120 57 00 (ichki 5555)

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech