O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi AlHuda Islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) bilan hamkorlikda “MDH mamlakatlari bo‘yicha 5-Islom bankchiligi va moliyasi forumi”ni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi AlHuda Islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) bilan hamkorlikda “MDH mamlakatlari bo‘yicha 5-Islom bankchiligi va moliyasi forumi”ni tashkil etmoqda.
Tadbir 2026-yil 9-iyul kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Forumda MDH mamlakatlari hamda dunyoning boshqa hududlaridan tartibga soluvchi organlar vakillari, banklar, moliyaviy institutlar, investorlar, shariat maslahatchilari va sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar.
Tadbir doirasida islomiy bankchilik va moliya sohasidagi so‘nggi tendensiyalar, investitsiya imkoniyatlari, me’yoriy-huquqiy masalalar hamda islomiy moliyaviy yechimlarni joriy etish strategiyalari muhokama qilinadi va o‘zaro fikr almashiladi.
Ma’lumot uchun, 2026-yil 10–11-iyul kunlari O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi binosida “Islomiy bankchilikda shariat talablariga muvofiq moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va risklarni boshqarish” mavzusida ikki kunlik maxsus seminar tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Veb-sayt: https://www.alhudacibe.com/cis2026/
Elektron pochta: zaib.nisa@alhudacibe.com
Telefon: +998 91 888 6180
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
29






