Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Interfaks axborot guruhi bilan hamkorlikda mamlakatimiz tijorat banklari vakillari uchun onlayn-seminar tashkil etmoqda.
13 Mar 2026

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Interfaks axborot guruhi bilan hamkorlikda mamlakatimiz tijorat banklari vakillari uchun onlayn-seminar tashkil etmoqda.

Mavzusi: Iqtisodiy bozor tahlili va korporativ mijozlar bilan samarali ishlash masalalari

    O‘tkaziladigan vaqti: 31-mart kuni Toshkent vaqti bilan 11 da

   Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarni iqtisodiy bozorlarni tahlil qilish sohasidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirish, shuningdek korporativ mijozlar bilan samarali ishlash uchun amaliy instrumentlar va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashishdan iborat.

Seminar doirasida quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilinadi:

  1. Biznesdagi risklar evolyutsiyasi — zamonaviy chaqiriqlar va kompaniyalarni tekshirishdagi yangi yondashuvlar.

  2. Kompaniyalarni tekshirishning innovatsion tizimi — Interfaks tomonidan taklif etilayotgan global platforma imkoniyatlari: real vaqt rejimida onlayn tekshiruvdan tortib, tahliliy va surishtiruv asosida tayyorlanadigan maʼlumotnomalargacha.

Tadbir spikeri:

  • Maksim Borisov — “Interfaks” guruhining mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori.

   Seminar bank mutaxassislari uchun zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, biznes risklarni baholash va korporativ mijozlar bilan ishlash samaradorligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Havolasi - https://my.mts-link.ru/j/eventinterfax/15658200836

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 224
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech