Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan bugun “Respublikamiz aholisini uy-joy bilan taʼminlashda ipoteka kreditining o‘rni”  mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
27 Feb 2024

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan bugun “Respublikamiz aholisini uy-joy bilan taʼminlashda ipoteka kreditining o‘rni”  mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

    Unda davlat dasturlari asosida ipoteka kreditlari ajratayotgan banklardan - Agro bank, Asaka bank, Biznesni rivojlantirish banki, Ipoteka bank, Sanoat qurilish banki, Xalq banki, Hamkor bank vakillari qatnashdilar.

    Tadbirda ipoteka kreditlarini berilish tartiblari, hozirgi davrda uchrayotgan holatlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Jumladan, rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga berilayotgan ipoteka kreditlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yaʼni ishtirok etgan masʼul xodimlar o‘z banklari misolida ipoteka krediti ajratish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Shuningdek,  OAV lari vakillari  birlamchi bozor va ikkilamchi bozordan turar-joy sotib olish tartiblari bo‘yicha ham qator savollar bilan murojaat etdilar.

    Maʼlumot uchun, 2023 yilda  banklar tomonidan 68 395 ta fuqaroga jami 16 trln 850,9 mlrd so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan. Ajratilgan ipoteka kreditlari miqdoriy jihatdan o‘tgan yilga nisbatan 2 trln 479,7 mlrd so‘mga yoki 17,2 foizga ko‘proq bo‘lsa-da, kredit oluvchilar soni kamaygan - 2022 yilda 70 913 nafar, 2023 yilda esa 68 395 nafar (- 2518 nafar). 2022 yilda bitta ipoteka kreditining o‘rtacha miqdori 202,7 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 246,4 mln so‘mni tashkil qilgan.

    2022 yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 75 foizi birlamchi, 25 foizi esa ikkilamchi bozordagi uy-joylarga ajratilgan bo‘lsa, 2023 yilda ikkilamchi bozor uchun kreditlar ajratish ancha “faollashgan”. Xususan, 2023 yil ipoteka kreditlarining 59 foizi (9,8 trln so‘m) birlamchi bozordagi uylarga, 41 foizi (7,1 trln so‘m) ikkilamchi bozordagi uylarni sotib olishga ajratilgan.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1153
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech