O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida GIZ vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi PF-209-sonli «Oliy taʼlimda dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida belgilangan vazifalarga mos keladigan, dual ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyihani taqdim etdi.
Shuningdek, tomonlar tijorat banklari xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bir qator loyihalarni muhokama qildi.
Xususan, uchrashuv ishtirokchilari «Qualifying In-Company Trainers» loyihasi bilan tanishdi. Loyiha doirasida bank sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirish va keyingi aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0






