O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida islom moliyasini ommalashtirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida islom moliyasini ommalashtirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.Tadbirda 100 ga yaqin tadbirkorlarimiz qatnashdilar. Shuningdek Respublikamizning turli hududlaridan ham yurtdoshlarimiz Zum platformasi orqali onlayn bog‘lanib, ishtirok etdilar.
Unda «Mezon Kengashi» MCHJning yetakchi mutaxassislari islomiy bankchiligining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha maʼruza qildilar.
Assotsiatsiya tomonidan bunday o‘quv mashg‘ulotlari tizimli tarzda o‘tkazilib boriladi. Rejadagi navbatdagi tadbir esa aprel oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur o‘quv seminarlar davomida hududlarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, islomiy bankchilikning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirishni maqsad qilingan.
Maʼlumot uchun,O‘zbekiston Respublikasida islom moliya tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri tegishli Qonunning qabul qilinishi bo‘ldi. 2025 yil sentyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini maʼqulladi. 2026 yil fevral oyida hujjat Senat tomonidan ham tasdiqlandi va yakuniy imzolash uchun Prezidentga yuborildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi - Bank tizimiga oid qator islohotlar belgilangan Jumladan:
Kamida 3 ta tijorat bankida islomiy moliya mahsulotlari yo‘lga qo‘yiladi. 2027 yilda O‘zbekistonda ilk islomiy bank ochilishi kutilmoqda.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
353






