O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Ozarbayjonning “Caspian Europan Club” delegatsiyasi, jumladan “Azerikart” markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida Ozarbayjonning “Caspian Europan Club” delegatsiyasi, jumladan “Azerikart” markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda ikki tomon vakillari o‘zaro bank va moliya sohasidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, kelgusidagi istiqbolli loyihalar bo‘yicha fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, “Caspian Europan Club” delegatsiyasining yurtimizga tashrifi 13-16 noyabr kunlariga mo‘ljallangan. Mazkur delegatsiya tarkibida ozarbayjon va turk tadbirkorlaridan iborat.
Maʼlumot uchun , “Caspian Europan Club” 50dan ortiq davlatlarning kompaniya va tashkilotlarini birlashtiradi. Uning asosiy maqsadi davlatlar o‘rtasidagi biznes aloqalarni mustahkamlashdir.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
412