Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekistonda 1 dekabrdan yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun  ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish boshlanadi.
26 Nov 2024

O‘zbekistonda 1 dekabrdan yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun  ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish boshlanadi.

     Ushbu kredit  20 yilgacha muddatda 120 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

      Bunda dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.

    Kredit “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida “Onlayn mahalla” platformasida kambag‘allikdan chiqarish individual dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ajratiladi. 

    Ariza tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiya berilishi yoki uni berishni rad etish sababi ko‘rsatilgan yozma xulosasi taqdim etiladi.



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 239
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech