Shanxayda Xalqaro bank Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Shanxay shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tgan II Yevroosiyo moliyaviy-iqtisodiy forumi doirasida Xalqaro bank kengashining (XBK) navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda «Banklar va raqamli platformalar: hamkorlik va raqobat modellari.» mavzusi muhokama qilindi.Shanxayda Xalqaro bank Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston banklar assotsiatsiyalari, shuningdek MDH Moliya-bank kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan mavzular bo‘yicha analitik materiallar to‘plami tayyorlanishi maʼlum qilindi. XBKning navbatdagi yig‘ilishi 2026 yil noyabr oyida Boku shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0






