Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.
2 May 2024

Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.

    Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

    Davlatimiz rahbari iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlari, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratish izchil davom ettirilishini taʼkidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

   Jumladan ikkinchi yo‘nalish bank-moliya sohasida qilingan ishlar va oldinga qo‘yilgan vazifalarni aytib o‘tdi.

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab xususiy banklar ochildi. Bozorimizga Yevropaning yetakchi banklari kirib keldi. Qator raqamli banklar o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda.

    Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.

    Moliyaviy resurslarga talabni qondirish uchun kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistonda xalqaro moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda.

    “Xorijiy sarmoyalar oqimi bir necha barobar ortishi, korporativ boshqaruv sifati oshishi, yangi yetakchi bank-moliya institutlari kirib kelishini kutib qolamiz”, - dedi Prezident.

https://president.uz/oz/lists/view/7194

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 77
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech