Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Tug‘ruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.
7 Mar 2025
Tug‘ruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so’zladi.

        Bu yil 2 million nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha katta marralar olganmiz. Buning uchun tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.

     Misol uchun, 
  • “Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga ko‘maklashadi.
  • “Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi.

    Xuddi shuningdek,
  • “Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda – 160 ming nafar, 
  •  “Sanoat qurilish bank” ATB sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda – 160 ming, 
  • “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda – 150 ming, 
  • “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida – 144 ming,
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda – 94 ming, 
  • “Asakabank”  farmatsevtika va uzumchilikda – 82 ming, 
  • “Aloqabank”  IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarimizni band etishga ko‘maklashadi.

    Shu maqsadda bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trillion so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.

     O‘tgan yili tashkil etilgan “Hamroh” kompaniyasi yangi tizim asosida Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlagan edi. Bu loyihaga ham 100 million dollar ajratganmiz.

   Kreditini vaqtida to‘lagan ayol tadbirkorlarga ushbu dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit berishni boshlaymiz.

   Shuningdek, mahallada 5 nafar ayolni biznesga olib kirgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratiladi.

   Masalan, tug‘ruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.
   
Umuman, 2025 yil ayollar bandligini ta’minlashda hal qiluvchi yil bo‘ladi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1495
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech