Rahbariyat
Bosh direktor Assotsiatsiya Aʼzolar Umumiy yig‘ilishi va Assotsiatsiya Kengashi oldida hisobot beradi va ular qarorlarining bajarilishini tashkil etadi. Assotsiatsiya Bosh direktori ishonchnomasiz Assotsiatsiya nomidan ish yuritadi, barcha milliy va xorijiy muassasalar, korxonalar va tashkilotlar oldida uning manfaatlarini ifodalaydi, shoʻba korxonalar, xo'jalik jamiyatlari, filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi Nizomlarni Assotsiatsiya Kengashi roziligi bilan tasdiqlaydi, shoʻba korxonalar, xo'jalik jamiyatlari, filiallar va vakolatxonalar rahbarlarini tayinlaydi, lavozimidan bo‘shatadi, Assotsiatsiya mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob va boshqa raqamlarni ochadi, mablag‘larni tasarruf etadi, shtatlarni, shu jumladan, Direksiya shtatlarini tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Assotsiatsiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi, Direksiyasi xodimlarini O'zbekiston Respublikasining «mehnat kodeksi» ga muvofiq rag'batlantiradi hamda mehnat intizomi buzilgan takdirda intizomiy jazolash choralarini qo'llaydi. Assotsiatsiya Aʼzolari Umumiy yig‘ilishi va Kengashi vakolatiga kiruvchi vazifalar bundan mustasno.
Du
08:00 - 11:00
Se
08:00 - 11:00
Cho
08:00 - 11:00
Pa
08:00 - 11:00
Ju
08:00 - 11:00
Sha
Ya