Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
  Har bir kambag‘al oilada kamida 1 nafar oliy maʼlumotli bo‘lishi uchun imtiyozli taʼlim krediti va davlat grantlari ko‘paytiriladi.
17 Sep 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi ochilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

    Unda 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar qatnashmoqdalar.

    Izchil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 2024 yilda 8,9 foizga tushirildi. Yil yakunigacha uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.

    Bunday natijaga erishishda o‘tgan davrda O‘zbekiston iqtisodiyoti 2 karra o‘sgani, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetishi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Sifatli taʼlim inson kapitalini rivojlantirish, uzoq muddatli istiqbolda kambag‘allikni qisqartirishning asosiy “drayveri” bo‘lib qoladi.

   Birgina misol, bolalarning bog‘cha bilan qamrab olingani 27 foizdan 78 foizga oshgani natijasida 1 million ayollar taʼlim olish, kasb-hunar o‘rganish va daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.

    Bu ishlar davom ettirilib, kambag‘al oila farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan to‘liq qamrab olish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uchun xorijiy til va kasb-hunar o‘rganishga  ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi va bu orqali 100 ming kambag‘al oila farzandlari qamrab olinadi.

   Har bir kambag‘al oilada kamida 1 nafar oliy maʼlumotli bo‘lishi uchun imtiyozli taʼlim krediti va davlat grantlari ko‘paytiriladi.

   Xalqaro standartlar asosida Kasbga tayyorlash xalqaro markazlari tashkil etilib, ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar berish yo‘lga qo‘yiladi.

    Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

    Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul taʼlim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.

    Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sunʼiy intellektga o‘qitiladi.

   “Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy eʼtiborimiz markazida bo‘ladi.

https://president.uz/uz/lists/view/8495

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 566
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech