Plastik kartadan noqonuniy pul yechishganda nima qilish kerak?
Plastik kartadan noqonuniy pul yechishganda nima qilish kerak?
- Birinchi bo‘lib tijorat bankiga murojaat etish kerak. Chunki birinchi navbatda pul qayerda, qanday yechilgan degan savolga javob topish kerak.
Misol uchun bir murojaatchining plastik kartasidan 1 100 000 so‘m yechib olingan. Maʼlum bo‘lishicha, murojaatchi tanishi kredit olayotganda o‘z xohishi bilan kafil bo‘lgan. Asosiy qarzdor to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagandan keyin murojaatchining plastik kartasidan kredit summasi grafik asosida yechib olingan.
Biroq plastik kartadan asossiz pul yechilgan taqdirda, agar siz umuman kredit olmagan bo‘lsangiz, va hech kimga kafil turmagan bo‘lsangiz ana undan keyin tegishli huquqni himoya qilish tashkilotlarga murojaat etish kerak.
Hurmatli yurtdoshlar, pul o‘tkazmalarini amalga oshirilganda telefoningizga keladigan maxsus kod maxfiy sanalib uni hech kimga berish kerak emas. Shuni yodda saqlangki, bank xodimlari ham hech qachon ushbu kodni so‘ramaydilar.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
1094