Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
XALQARO PLAS-FORUM - “DIGITAL UZBEKISTAN”
2 Apr 2026

XALQARO PLAS-FORUM - “DIGITAL UZBEKISTAN”

     2026 yil 19–20 may kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli transformatsiya tadbirlaridan biri — PLAS-Forum Digital Uzbekistan bo‘lib o‘tadi.

     Mazkur forum davlat xizmatlarini raqamlashtirish, moliya sohasi, to‘lov infratuzilmasi va fintex-ekotizimni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

     Forum - Azimut Grand Hotel majmuasida o‘tkaziladi.

     Аsosiy maqsad — raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish va Raqamli O‘zbekiston 2030 strategiyasi doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

    Tadbirda xalqaro va mahalliy ekspertlar, jumladan banklar, fintex-kompaniyalar, konsalting va texnologiya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirning bosh spikeri — Tarik Kureyshi, sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro ekspert bo‘lib, u biznes, liderlik, jamiyatda AI taʼsiri hamda Markaziy Osiyoning innovatsion markazga aylanish istiqbollari haqida so‘z yuritadi.

Maʼlumot uchun  2025 yilda forumda:

  • 36 ta davlatdan 2500+ ishtirokchi,
  • 150 dan ortiq spiker,
  • 100 dan ziyod eksponent qatnashgan.

 2026 yilgi forumda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinadi:

  • raqamli jamiyat va GovTech
  • fintex va bank transformatsiyasi
  • sunʼiy intellekt (AI)
  • Web3 va kripto-sanoat
  • kiberxavfsizlik
  • islomiy moliya
  • bozor infratuzilmasi va kapital bozori
  • marketpleyslar va riteyl tendensiyalari

Batafsil ma'lumot uchun: https://uz.plus-forum.com/

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 170
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech