Poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirish dasturiga $340 mln yo‘naltiriladi.Poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Charm-poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev 11-oktabrdagi qarori bilan 2023−2025-yillarda teri xomashyosini qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari dasturini bir oy muddatda tasdiqlash to‘g‘risida farmoyish berdi.
Xususan, dasturni moliyalashtirish Fransiya taraqqiyot agentligi va Jahon banki ($100 mln), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ($200 mln), shuningdek foydalanilmagan kreditlar ($40 mln) hisobidan amalga oshiriladi.Kelgusi yillarda charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirish dasturiga $340 mln yo‘naltiriladi.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasida markazlashtirilgan suv tozalash inshootini qurish uchun 10 yilgacha muddatga budjetdan 50 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratiladi.
Bundan tashqari, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib, quyidagi tartibda 2 yil muddatgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi:2025-yilgacha mayda shoxli hayvonlarning yarim tayyor charm mahsulotlarini bojxona orqali olib chiqishda yig‘im undirilmaydi.
- eksport hajmi $1 mlndan $2 mlngacha bo‘lsa — $1 mlngacha;
- eksport hajmi $2 mlndan $4 mlngacha bo‘lsa — $2 mlngacha;
- eksport hajmi $4 mlndan ortiq bo‘lsa — $3 mlngacha.
Bunda, kreditlar yillik 4%dan oshmaydigan stavka bo‘yicha berilib, shundan 2% bankning marjasi bo‘ladi.
Shuningdek, xorijda savdo uylari va do‘konlarini tashkil etish uchun charm-poyabzal va mo‘yna sanoati korxonalari alohida qarorlarsiz yiliga $50 minggacha xorijga pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
https://www.spot.uz/oz/2023/10/16/shoes-loans/