«Islomiy moliya – O‘zbekiston» xalqaro forumi

O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi strategik hamkorligida, Islom taraqqiyot bankining tashabbusi bilan, «RedMoney» kompaniyasi tomonidan «Islomiy moliya – O‘zbekiston» xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.IFN Uzbekistan Forumda 15 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashi kutilmoqda.
O‘tkaziladigan sana va joyi - 2026 yil 12-may kuni O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi binosida.
Forumda muhokama etiladigan asosiy masalalar quyidagilardan iborat:
- Shariat qoidalari asosida raqamlashtirish;
- Islom bankchiligi va Takaful;
- Islomiy kapital bozori;
- O‘zbekistonda islomiy fintex va boshqalar
IFN forumlari — bu panel muhokamalari, mazmunli suhbatlar va maqsadli netvorking sessiyalarini o‘zida jamlagan, ishtirokchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan samarali platforma hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola (https://redmoneyevents.com/event/ifnuzbekistan2026/#register)
Batafsil: (78) 120 57 00 (ichki 5555)
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
1






