Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
21 Oct 2024
21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

    O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaydi.

     O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun chindanda ahamiyatlidir. Chunki til bu millat yuragidir. U urib turar  ekan millat yashaydi.  

      1989 yil 21 oktyabr. Til bayrami mehr muhabbat ezgulik kunidir.  O‘zbek tilini asrash, uning og‘zaki va yozma shakllariga rioya etish, uni asrash barchamizni burchimizdir.  Axir til bu o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi vositadir.  O‘zbek tili milliy g‘ururimizdir.

     Atoqli adiblarimiz,  yozuvchi va shoirlarimiz nomidagi ijod maktablarida bugun yoshlarimiz bebaho boyligimiz bo‘lgan ona tilimiz va milliy adabiyotimizning sir-asrorlarini o‘rganmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning Uchinchi yuksalish davri poydevori yaratilayotgan bugungi kunda mustaqil davlatchiligimiz timsoli, maʼnaviy boyligimiz bo‘lgan o‘zbek tili taraqqiyotiga yuksak eʼtibori samarasidir.  

      Yana bir barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz. 

     So‘zimizni O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ona tilim o‘lmaydi” sheʼridan parcha bilan yakunlamoqchi edik.

 Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 262
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech