Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston bank sektori barqaror o‘sishni davom ettirmoqda.
17 Apr 2026

O‘zbekiston bank sektori barqaror o‘sishni davom ettirmoqda.

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra banklarning sof foydasi $254 mln (3,1 trln so‘m)ga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 36,3%ga oshdi.

    Sektorning umumiy aktivlari 932,3 trln so‘mni tashkil etdi, kredit portfeli esa 14%ga kengaydi. Shu bilan birga, depozitlar hajmi qariyb uchdan birga oshdi. Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,5%dan 3,3%gacha kamayib, aktivlar sifati yaxshilanayotganini ko‘rsatmoqda.

      Mazkur reyting 1-mart holatiga ko'ra O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan 34 ta kredit muassasasini qamrab oladi.

     Yirik banklar orasida yana “Kapitalbank” yetakchilikni saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinlarda Hamkorbank va Asia Alliance Bank joy olgan. Kichik banklar segmentida esa "TBC Bank Uzbekistan" birinchi o‘rinni egalladi.

    Mutaxassislar ta’kidlashicha, bank tizimi barqarorligini saqlab qolmoqda: kapital yetarliligi ko‘rsatkichlari minimal talablardan 1,4 barobar yuqori, aktivlar sifati va likvidlik esa yaxshilanmoqda.





/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 18
otchet uz.jpg

statistika uz.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech