Ikkinchi Markaziy Osiyo moliya-bank forumi

Mazkur forum Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida o‘tkazildi. Unda 20 dan ortiq davlatdan kelgan 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Turkiy davlatlar banklar Assotsiatsiyalari Kengashi (SBATS) ko‘magida Ikkinchi Markaziy Osiyo moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum maqsadi:
- Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar moliya-bank bozori ishtirokchilari uchun dolzarb sohaviy masalalarni muhokama qilish;
- Bank tizimida jadal davom etayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari;
- Markaziy Osiyo davlatlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti,Turkiy davlatlar tashkiloti, Kaspiybo‘yi mamlakatlari hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha muloqot maydoni yaratishga qaratilgandi.
Maʼlumot uchun, forum doirasida Turkiy davlatlar Banklar assotsiatsiyalari kengashi (SBATS)ning navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0






