Men avtokredit olgandim. Kreditni yopmoqchiman. Bank necha kunda taqiqni yechishi mumkin?

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik
Javob: Tijorat banki kredit to‘langan kundan boshlab uch ish kunida garovga olingan mulkni taqiqdan chiqaradi.Men avtokredit olgandim. Kreditni yopmoqchiman. Bank necha kunda taqiqni yechishi mumkin?
Asos: “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining (Toshkent sh.,2018 yil 28 aprel, 16/18-son) qarori.
Bank kredit (qarz) shartnomasiga asosan kredit (qarz) bo‘yicha qarzdorlik summasini to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz bo‘yicha:
- garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;
- garov sifatida bo‘lgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini ko‘rishi shart.
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
410